Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Namangan shahridagi Shodiyona tantanalar majmuasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda viloyatda faoliyat koʻrsatuvchi oliygohlar, kasb-hunar maktablari va texnikumlar, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari muallim-murabbiylari, jurnalistika sohasida uzoq yil faoliyat koʻrsatgan ustoz ijodkorlar jam boʻlishdi.

Viloyat rahbari Shavkatjon Abdurazakov yigʻilganlarni samimiy tabriklab, ustoz va murabbiylarni yosh avlod kamoli yoʻlidagi zahmatli mehnatlarini alohida eʼtirof etdi.

Bir guruh murabbiy, faxriy muallim va ustoz jurnalistlar faxriy yorliq, tashakkurnoma va sovgʻalarga loyiq koʻrildi.

Bayram kuy-qoʻshiq va raqslarga ulanib, koʻtarinki ruhda davom etdi.

Media Departament