Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin tumani Kemaboshi mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.

Mamlakatimizda inson qadri ustuvorligiga erishish maqsadida xalq bilan muloqot, murojaatlar bilan shaffof ishlash, muammolarni joyida oʻrganib, hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyat rahbarining navbatdagi sayyor qabulida yuzdan ortiq fuqaroning moddiy taʼminot, uy-joy, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqildi.

Har bir soʻrovning ijrosini nazoratga olish boʻyicha masʼullarga qatʼiy koʻrsatma berildi.

Qabulda shahar-tuman hokim oʻrinbosarlari, Xalq qabulxonasi rahbarlari, viloyat tashkilotlari, iqtisodiy va huquqiy idoralar masʼullari ishtirok etishdi.

 

Media Departament