Barcha sektor rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qaroriga asosan ushbu mahallalarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mahalla ahllari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Namangan viloyatidagi 170 ta mahallalardagi aholini qiynab kelayotgan 226 ta muammolari hal etilishi rejalashtirilgan.

Jumladan,
- Ichki yoʻllarni shagʻallash va asfaltlash yuzasidan 120 ta loyihalar doirasida 112,4 mlrd.soʻm;

- Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 56 ta loyihalar doirasida 51,7 mlrd.soʻm;

- Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash hamda uzilishlarni oldini olish boʻyicha 36 ta loyihalar doirasida 5,6 mlrd.soʻm;

- Umumtaʼlim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolatini yaxshilash maqsadida 3 ta loyihalar doirasida 1,4 mlrd.soʻm;

- Maktabgacha taʼlim tashkilotlari doirasida 2 ta loyihalarda 3,4 mlrd.soʻm;

- Boshqa sohalar doirasida 9 ta loyihalar boʻyicha 8,6 mlrd.soʻm miqdorida mablagʻlar oʻzlashtiriladi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati