Farzandlarimizning iqboli, istiqboli, kelajak yoʻlidagi kamoli biz uchun muhim boʻlib har jihatdan jamiyat ravnaqi va ertangi kunga munosib odimlashini belgilaydi.

Ertangi kun egalari zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan holda ozod va obod diyor ravnaqiga munosib ulgʻayishi har jihatdan eʼtiborda. Shuning yorqin ifodasi sifatida bugun Kosonsoy tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabiga viloyat hokimi tashabbusi bilan yangi, zamonaviy, har jihatdan qulayliklarni oʻzida mujassam etgan avtobus tuhfa etildi.

Endilikda tumanning Dam massivida istiqomat qilayotgan 85 ta xoʻjalikdan iborat, maktab yoshidagi 82 nafar oʻgʻil-qizlarning maktabga borib kelishi uchun tuhfa etilgan avtobus ularning maktabga qatnab umumtaʼlim fanlarni yaxshi oʻzlashtirishiga imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

Namangan viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi