Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov Uychi tumanida  ijtimoiy soha obyektlarida boʻlib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va taʼlim jarayonlari bilan  tanishdi.



Dastlab tuman markaziy kasalxonasining tumanlararo gemodializ  va nefrologiya  boʻlimida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar va issiqlik taʼminoti oʻrganildi. Mazkur boʻlimda asosan surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlar davolanadi.

Keyingi tashrif taʼlim rus tilida olib boriladigan 6-maktabga boʻldi. Mazkur maskanda birinchi sinf oʻquvchilarining dars mashgʻuloti va darslik bilan toʻliq taʼminlanganligi, oʻquv xonasidagi harorat kuzatildi. Yuqori sinf oʻquvchilarining viloyat rahbari bilan kechgan dildan suhbati ularning kelajakdagi orzu va maqsadlari haqida boʻldi.

Viloyat hokimi Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabda taʼmirlash  jarayonlari bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


Uychi tuman hokimligi axborot xizmati