Bir kunda 4 ta oila yarashtirildi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining
Yangi Namangan tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan aliment undiruviga oid ijro hujjatlar boʻyicha bir kunda 4 ta oilani yarashtirishga erishildi.
“Aliment undiruv oyligi” doirasida hududlarga biriktirilgan davlat ijrochilari bevosita mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlishib, kunlik tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda. Bunda asosiy eʼtibor, aliment qarzdorlikni kamaytirish, oilalarni yarashtirish hamda ishsiz toʻlovchilarni bandligini taʼminlashga qaratishgan. Xususan, kuni kecha olib borilgan tushuntirishlardan soʻng bir nechta oilani tiklanishiga erishildi.
Masalan, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan N.Amanaliyevdan undiruvchiM.Turgʻunova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur hujjat Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan. Qarzdor otaga aliment toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab borishlari tushuntirilgan. Bundan tashqari, har ikki taraf bilan oilani tiklash maqsadida suhbatlar oʻtkazilgan. Natijada, bu oila yarashishga ahd qilishdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Aliment ijro hujjatlar- doimo nazoratda
Majburiy ijro byurosi Uychi tuman boʻlimi ish yurituvidagi aliment bilan bogʻliq hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida kunlik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, tuman prokuraturasi hamkorligida voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bogʻliq hujjatlar ijrosi doimo eʼtiborda. Ayniqsa, tuman prokurori rahbarlik qilayotgan
2-sektordagi mavjud 12 mahalla fuqarolar yigʻinlarida muntazam ravishda sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosi oʻrganib borilmoqda. Ayniqsa, bunda asosiy eʼtibor aliment undiruvlarga qaratilgan. Yaʼni “mahallabay” oʻrganishlar orqali aliment qarzdorligi bor fuqarolar bilan alohida ishlanib, toʻlanmayotgan sabablari oʻrganilmoqda. Oyda bir marotaba sektor shtabida aniqlangan holatlar tahlil etilib, ishsiz aliment toʻlovchilarni ishga joylashtirish, oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kuni kecha oʻtkazilgan davra suhbati yakunida ham bitta oilani yarashtirishga erishildi. Umuman olganda, joriy yilning oʻtgan 11 oyida sektor hududida 78 ta oilani yarashtirildi.
MIB Namangan viloyat boshqarmasi