Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida prokuratura tashabbusi bilan “Farzandni taʼminlash – ota-onaning konstitutsiyaviy burchidir” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.



Viloyat prokuraturasi, hokimlik, ichki ishlar boshqarmasi, diniy idora vakillari hamda Namangan Davlat Universiteti oʻqituvchilari ishtirok etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish, aliment toʻlovlaridan boʻlgan qarzdorliklarni undirish, ish bilan band boʻlmagan aliment toʻlovchilarni ishga joylashtirish kabi masalalarni qamrab oldi.


Tadbirda soʻz olganlar, oila va uning muqaddasligi, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va anʼanalarimizning haqiqiy mohiyatini hayotiy, taʼsirchan misollar asosida tushuntirib oʻtilgani katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, oilaviy ajrimlarni oldini olish masalasiga har bir kishi masʼul ekanligiga eʼtibor qaratildi.

Asosiysi, tadbir natijasida 17 ta oilani yarashtirishga erishildi, 32 nafar ishsiz qarzdorlar ish bilan taʼminlanib, ularning aliment toʻlovdan boʻlgan qarzdorligi ish haqlariga qaratilishi taʼminlandi.

-Bugungi uchrashuvdan qattiq taʼsirlanib turmush oʻrtogʻim bilan yarashishga ahd qildim, deydi Yangi Namangan tumani, Tinchlik mahallasida yashovchi Odil Abdurahmonov. Oilaviy kelishmovchilik sabab ajrab ketgan edim. Bir nafar farzandimga aliment toʻlab kelayotgandim. Bugungi uchrashuvdan oila muqaddas dargohligini tushunib yetdik va yarashdik.

Yana bir muhim jihat: tadbir davomida 32 nafar ishsiz qarzdorlar ish bilan taʼminlanib, ularning aliment toʻlovidan boʻlgan qarzdorligi ish haqlariga qaratilishi taʼminlandi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, viloyat boshqarmasining hududiy boʻlimlari ish yurituvida boʻlgan aliment undiruviga oid 24.305 ta hujjatlar boʻyicha oʻtgan yilda 104,3 mlrd. soʻm qarzdorliklar undirildi. Olib borilgan targʻibot va tushuntirishlardan soʻng 5 164 ta oilalar yarashtirildi, ishsiz aliment toʻlovchilarning 2 349 nafari ishga joylashtirildi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi