“Namangan agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari DIQQATIGA!
“Namangan agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati tugatish komissiyasining 2023-yil 1-fevraldagi № 21-sonli yigʻilish qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF 6262 -son Farmoni va PQ- 5185 son qaroriga asosan “Namangan Agrokimyoximoya” XAJni tugatish masalasida navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2023-yil 24-fevral kuni (Namangan shahar, Sanoatchi koʻchasi, 20-uy) da soat 10-00 da oʻtkazilishi belgilandi.
Aksiyadorlar yigʻilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, vakillar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini soʻraymiz. Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2023-yil 24-fevral kuni soat
9-00 dan 10-00 gacha oʻtkaziladi.
Yigʻilishga jamiyatini sobiq kuzatuv kengashi aʼzolari, jamiyatni tugatish komissiyasi aʼzolari, tugatish komissiyasi ishchi guruhi aʼzolari, tugatish komissiyasini ishchi guruhi tuman boʻlim boshliqlari, bosh hisobchilari, aksiyadorlarning ishonchli vakillari, jamiyat tizimidagi MCHJlar rahbarlari, bosh hisobchilari 2023-yil 24-fevral kuni soat 9-00 ga viloyat jamiyatining majlislar zaliga yetib kelishlari soʻraladi.
Navbatdan tashqari umumiy yigʻilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va oʻtkaziladigan yigʻilish boʻyicha maʼlumotlar olish uchun (69-226-10-70) telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.