Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Koreya Respublikasining U1 universiteti professori janob Shin Syok Xo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Muloqot avvalida viloyat rahbari Namanganda oliy taʼlim dargohlari soni va undagi taʼlim sifati tubdan ortgani, xususan avvalgi uchta davlat oliy taʼlim muassasalaridan tashqari oʻtgan yilda yettita oliygoh ochilgani, ularning toʻrttasi nodavlat sektorida faoliyat yuritayotgani, uchtasi Koreya, Rossiya va Qozogʻistonlik hamkorlar bilan ochilgani haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, oliygohlarga boʻlgan talab yuqori ekani, boisi Fargʻona vodiysi markazida boʻlgan viloyatimizda oliy taʼlimga qamrov darajasini oshirish boʻyicha marra baland olingani, buning uchun imkoniyatlar yetarli ekani taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida Namanganda yana bir universitet ochish masalalari muhokama qilindi.

Shin Seok Ho universiteti sohaviy mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oʻziga xos tajribaga ega ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Viloyat hokimi Informatsion texnologiyalar, arxitektura, dizayn, tekstil, mashinasozlik, zargarlik kabi sohalarda mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqligini aytib oʻtdi. Oʻz navbatida koreyalik hamkorlar taʼlim, stomatologiya kabi yoʻnalishlarda ham oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha tajriba borligini maʼlum qildilar.

Delegatsiya amaliy ishlarga kirishdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati