2023-yil 22-fevral kuni telegram ijtimoiy tarmogʻining “ASL_JAMIYAT” kanalida Chortoq tumani, Bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Otavaliyeva Oydina murojaat yoʻllagan. Unda fuqaro 3 yildan beri aliment qarzdorligini undirib berilamayotganini bayon etgan.
Mazkur holat Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻrganildi va quyidagilarni maʼlum qiladi


Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman boʻlimi ish yurituvida, fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining 11.04.2019-yildagi ijro hujjatiga koʻra qarzdor U.Raximovdan undiruvchi O.Otavaliyeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud. Qarzdor U.Raximov tomonidan sud hujjatida koʻrsatilgan aliment miqdorini belgilangan tartibda toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Shuningdek, qarzdor U.Raximovga tegishli VAZ 21063 rusumli,
050 U 038 HA davlat raqam belgili avtotransport vositasi xatlanib, 21.553.000 soʻmga baholangan va shu boshlangʻich bahoda 2022-yil
00000 5-martda elektron onlay auksion orqali kim oshdi savdosiga chiqarilgan. Birja tomonidan taqdim qilingan xabarnomaga koʻra, ushbu mol-mulk takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolarida realizatsiya qilinmagan.
Shu bois, davlat ijrochisining taklif xati bilan undiruvchiga ushbu mol-mulkni baholangan summasidan 10 foiz arzonlashtirilgan holda, yaʼni 20.475.350 soʻmga oʻzida qoldirish yuzasidan taklif qilingan va undiruvchi mazkur realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish yuzasidan qaror qilgan. Olib borilgan ijro xarakatlari davomida, davlat ijrochisining 24.12.2022-yildagi avtotransport vositasini undiruvchiga topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomasiga asosan avtomashinani undiruvchi O.Otavaliyevaga topshirilishi taʼminlangan.
Ijro harakatlari davomida 17.02.2023-yilda qarzdor U.Raximovni majburiy tartibda olib kelish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, ushbu kuni ijrosini taʼminlash uchun tuman ichki ishlar boʻlimiga yuborilgan.
Qarzdorni majburiy tartibda keltirish toʻgʻrisidagi qarori ijrosi taʼminlanishi bilan qarzdor U.Raximovni Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlik masalasini hal etish uchun sudga yuborilishi begilangan.


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi