Joriy yilning 3-mart kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligida raqamli texnologiyalarni joriy etishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish mavzusida seminar o‘tkazildi.


Seminar jarayonida hududiy inspeksiya boshlig‘i tomonidan Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni talablari, axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish jarayonida axborot xavfsizligiga rioya qilish, kiberxavfsizlik ta’minlash bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, internet tarmog‘idan foydalanish qoidalari, parol siyosatiga amal qilish, konfidensial ma’lumotlarni chiqib ketishini oldini olish, veb-resurslarni himoyalash va joriy etilgan axborot tizimlarini yanada takomillashtirish, axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish masalalarida bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan seminar ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.