O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qaroriga asosan aholi xonadonlarida hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilindi.
Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari xarid qilish jozibadorligini oshirish maqsadida aholi uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli “Yashil iste’mol kreditlari” ajratish yo‘lga quyildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlari uchun ham tijorat banklari tomonidan qulay shartlarda, uzoq muddatli kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bu borada Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasining topshirig‘i bilan tijorat banklari tomonidan hududlarda “Yashil kreditlar” to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berish, mavjud imtiyozlar to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilmoqda.