Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov “Metito Utilities” LTD kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda “Namangan shahar kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha doirasida Namangan shahar oqava suvlar tozalash inshooti oʻrnida sutkasiga 100 ming metr/kub boʻlgan yangi oqava tozalash inshootini va 7,5 km tashlama kollektori qurilishini nazarda tutiladi.
“Metito Utilities Limited” kompaniyasi tomonidan loyihaning batafsil loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun maʼlumotlar yigʻish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 5-may kuni Londonda Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi eng nufuzli “Partnership Awards” mukofotining “Kommunal sektorning eng yaxshi loyihasi” nominatsiyasida “Namangan shahar kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi sovrindor deb topilgan edi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati