Tumanda Prezidentimizning PQ-408-sonli qarorlari doirasida mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb boʻlgan muammolarni hal etish va ijtimoiy soha ob’ektlarini yaxshilash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish rejasi bilan ajratilgan

jami 35 mlrd. 893 mln. soʻm, shundan ichki yoʻllarni ta’mirlash uchun 12 mlrd.441 mln.soʻm mablagʻ evaziga 32,5 kilometr yoʻllar asfaltlandi yoki betonlandi.

 

Mahallabay oʻrganishlarda aniqlangan ichki yoʻllarni obodonlashtirish davom etyapti. Tumanning 4 ta mahallasidagi 10 ta koʻchalarni shagʻallashtirishga kirishildi. Buning uchun 15 ta texnika yordamida ishlar jadallashgan.

Tuman hokimi Ahrorbek Mansurov mutasaddilar bilan ushbu jarayonlarda tezkorlik va eng asosiysi sifat boʻlishi uchun e’tibor berish zarur jihatlarni koʻzdan kechirishdi. Chunki yoʻllar asfaltlanguncha odamlar qiynalmasligi zarur, deyildi muloqotda.