Xabar berilganidek, Yangi Namangan tumanidagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning futbol turi boʻyicha saralash bosqich bellashuvlari oʻtkazildi.

Saralash musobaqasida tumanning 4 ta sektori kesimida 25 ta mahalla ayollaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida hududlarga boʻlingan holda oʻyinlar boʻlib oʻtdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan oʻyinlarda 1-sektordan Oromgoh, 2-sektordan Boboraxim Mashrab, 3-sektordan Sihatgoh, 4-sektordan esa Ishonch mahallasi yoshlari gʻolib boʻlib, tumanning final bosqichiga oʻtdilar.

Yangi Namangan tumanining Ishonch mahallasida joylashgan 59-maktabda bellashuvning final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Dast avval ushbu final bosqichiga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkillandi, unda Yangi Namangan tumani hokimi, Namangan viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi rahbar, tuman sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etib, futbol jamoalariga gʻoliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi.

Final baxslarida 4-oʻrin Ishonch, 3-oʻrin Oromgoh, 2-oʻrin Mingchinor mahallasi ayollariga nasib etdi. 1-oʻrinni esa Sihatgoh mahallasi yoshlari qoʻlga kiritdi.

Ishtirokchilarning barchasi diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.