Keng, tekis va ravon yoʻllar. Bu ham shahar imidjining eng muhim sifati sanaladi. 

Shu ma’noda, Namangan shahrining markaziy koʻchalaridan  Amir Temur, Nodim Nomongoniy nomidagi hamda Margʻilon koʻchalari yoʻllarining asfalt qismi ta’mirtalab boʻlganligi bois haydovchilarga noqulaylik keltirardi.
Ushbu masala bugun oʻz echimini topmoqda.

Mazkur koʻchalarda ayniepaytda pudratchi "Best stroy-2020"  MCHJ yoʻlsoz quruvchilari tomonidan uzunligi 1,36 km., kengligi 24 metr boʻlgan yoʻlning qatnov qismida joriy ta’mirlash ishlarini olib borilmoqda.

 

Loyiha qiymati 3,6 mlrd. soʻm boʻlgan mazkur yumush yoʻlsozlar tomonidan sifatli amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat viloyat ahlining, balki shahrimiz mehmonlarining ravon koʻchalarda qulay harakatlanishi uchun qilinayotgan bunyodkorlik ishlari,   albatta.