Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya «Jalolobod viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va yashil turizmni rivojlantirish» mavzusidagi Xalqaro biznes forumdagi ishtirokini boshladi.

Forum avvalida mehmonlar Jalolobod va Namangan ishlab chiqaruvchilari koʻrgazmasi pavilonlarida boʻldilar.

Namangan viloyati rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Bakыt Torobaev va Jalolobod viloyati gubernatori Absattar Sыrgabaev hamrohligida ellikdan ortiq sanoat ishlab chiqarish korxonalari va milliy hunarmandlar mahsulotlari bilan tanishdilar.