3-sentabr kuni erta tongdan boshlangan "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni Namanganda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, 4500 mingdan ziyod ishtirokchilar Namangan shahridagi “Grand Sherdor” mehmonxonasi oldidan "Uch favvora" hiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdilar.

 

Ishtirokchilar orasida yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan yugurish istagini bildirgan ishtirokchilar, hatto, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham bor.

"Yangi nafas" ommaviy yugurish marafonining yakuniy natijalariga ko‘ra:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin Xo‘jamov Dilmurod

2-o‘rin Toxirov Xusanboy

3-o‘rin Turgunov Islomjon

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin Axmedova Maftuna

2-o‘rin Soyipov Mashxura

3-o‘rin Ibragimova Binnura

Imkoniyati cheklangan ishtirokchilar o‘rtasida:

1-o‘rin Xaydarov Ibodullo

2-o‘rin Toshtemirov Lochinbek

3-o‘rin Axmadjonov Ziyobek

Shuningdek "Eng yoshi katta ishtirokchi" Ustaboyev Maqsudjon, "Eng yosh ishtirokchi" Yuldashev Umidjon, "Eng faol ishtirokchi" Nozimov Olimjon g‘olib deb topildi

G‘olib va sovrindorlar mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar!

Namangan viloyati yoshlar siyosati va sport  boshqarmasi