Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmalari hamkorligida viloyatimizda non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar joyida oʻrganilib, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari, non mahsulotlari narhini sunʼiy oshirmaslik, birja savdolari orqali xarid qilgan un mahsulotlarini toʻliq ishlab chiqarib, savdo doʻkonlariga chiqarish, ajiotaj holatlari oldini olish boʻyicha ishlar tashkil etildi.

Shuningdek, bugʻdoy hamda un mahsulotlari zaxirasi mahalliy don korxonalarida yetarli darajada mavjudligini hisobga olib, birja savdolarida bugʻdoy va un mahsuloti sotilishi hajmidan kelib chiqib, kunlik birja savdolariga bugʻdoy va un mahsulotini sotuvga qoʻyish hajmlari ham koʻpaytirib borilmoqda.

Ushbu masalalar boʻyicha Namangan shahar va barcha tumanlarga masʼul xodimlar biriktirilib, ishlar davom ettirilmoqda.