Bugungi kunda viloyatda besh mingga yaqin frilanser dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan band. Ularning safi kundan-kunga ortib bormoqda.

 

Bugun boʻlib oʻtgan Moliyaviy erkinlik sari: frilanserlik va Elektron tijorat – bu kelajak kasbi shiori ostidagi forum oʻzida toʻrt yuzdan ortiq yoshlar va qiziquvchilarni jamladi.

Unda frilanserlik faoliyati uchun eng ishonchli Upwork, Fiverr, TopTal va boshqa koʻplab xorijiy platformalardan foydalanib, oʻz kasbiy faoliyati davomida yuqori koʻrsatkichlarga, tajribaga ega boʻlgan Mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida roʻyxatdan oʻtish va birinchi buyurtmani olish boʻyicha nazariy, amaliy bilim va orttirilgan tajribalarini talabalar bilan boʻlishdilar.

Tadbirda Namangan shahar hokimi Gʻofirjon Djamalov, viloyat hokimligining vakili Baxtiyor Axunbabayev, Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat shoʻbasi rahbari Rasuljon Xolmatov, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi masʼullari ishtirok etdilar.

Forumdan maqsad yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularga qoʻshimcha daromad manbalarini topishga koʻmaklashishdir.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati