Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi tomonidan hujjat ijrosi ta’minlanmayotganligi yuzasidan murojaat qoldirilgan. Mazkur holat Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi va quyidagilarni ma’lum qiladi.
Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tuman sudining 01.07.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar E.Nortillayev, A.Ulug‘bayev va D.Abdusattorovlardan da’vogar Z.Ataxanov foydasiga 8.476.614 so‘m, shuningdek, 12 nafar boshqa fuqarolarga salkam 103 mln. so‘m atrofida solidar tartibda undirish belgilangan. Mazkur ijro varaqa Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituviga 06.07.2023 yilda kelib tushgan va shu kuni “Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, nusxasi qarzdorlarning yashash manzili bo‘yicha yuborilgan.
Qarzdorlarning mol-mulkini aniqlash maqsadida MIB-portal elektron dasturidan so‘rovnomalar yuborilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddasiga asosan chetga chiqish huquqlari vaqtinchalik cheklangan.
Undiruvni ta’minlash maqsadida, qarzdorlarning ijro hujjatida ko‘rsatilgan yashash manziliga xolislar va MFY vakillari ishtirokida borib o‘rganilganda, qarzdorlarni yashash ehtiyojidan ortiqcha mol-mulklari aniqlanmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlar hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotganligi sababli, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 67,84,87-moddasiga asosan ish xaqqisi xisobidan ushlab borishlik uchun 21.07.2023 yilda IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga talabnoma yuborilgan.
Kelgusida, E.Nortillayev, A.Ulug‘bayev va D.Abdusattorovlarning ish xaqqisidan kelib tushgan pul mablag‘lar Qonunning 79,80-moddasiga asosan taqsimot qilinishi ma’lum qilinadi.
MIB Namangan viloyati boshqarmasi