Viloyat hokimining oʻrinbosari Okibjon Inamov tomonidan Namangan shahridagi “Yangi qurilish” MFY hududidagi “Qizil toifa”ga kiritilgan yoshlar muammolarini hal etish ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mazkur toifadagi 4 nafar yoshlar bilan uchrashib, birma-bir muammolarini eshitildi va ularning aksariyati oʻz joyida hal etildi.

Shuningdek, ularning muammolarini oʻz vaqtida yechish choralarini koʻrish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.