15-noyabr kuni UZEXPO markazda boʻlib oʻtayotgan “Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi”da Namangan viloyati oʻz milliy paviloni bilan ishtirok etishdi.
Aytish joiz, birinchi kundanoq, ham xalqaro ham mahalliy sayyohlar tomonidan Namangan paviloniga katta qiziqish bildirilayotgan boʻlib, viloyatdan yarmarkaga 30 ga yaqin turizm soha vakillari, jumladan, turoperator, mehmonxona xoʻjaligi, turbiznes vakillari bilan birga gastronomik yoʻnalishda restoranlar, ekoturizm maskanlari va turizm klasterlari ishtirok etishdi.
Qolaversa, Koreya, Qirgʻiziston va Rossiya davlatlarining turizm soha vakillari bilan sayyohlarni jalb etish boʻyicha kelishuv, shartnomalar imzolandi, viloyatda soʻngi yillarda yangidan tashkil etilgan turistik marshrutlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib borildi.
Viloyat hokimligi Axborot xizmati