Joriy yilning 17-24 fevral kunlari Namangan viloyatida qishloq ho’jalik mahsulotlarini yetishtirish va saqlash savdo-logistika markazni barpo etish yuzasidan Italiyaning “Zanotti” kompaniyasi tomonidan taklif etilgan texnologiya, xizmat hamda investitsiya takliflarini amalga oshirish ishtiyoqini bildirgan bir gurux tadbirkorlar Italiyaga tashrif buyurdilar.

Tashrif jarayonida delegatsiya a’zolari “Zanotti” kompaniyasida  sovutish uskunalarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar va Italiya-O’zbekiston Savdo palatasi Prezidenti Luidji Iperti, Zanotti kompaniyasining Prezidenti Valьter Maiochchi, kompaniyaning tashqi savdo bo’yicha direktori Paolo Baldoneschi, katta menejeri  Giuseppe Baron va biznesni rivojlantirish bo’yicha menejer Fabio Zampolini, Italiyaning “Greentechnology” oziq-ovqat maxsulotlarining qayta ishlash injeneriya kompaniyasining  eksport bo’yicha menejeri Leo Dalli Vachche, “Confimi Industria” Italiya ishlab chiqaruvchilar va xususiy korxonalar konfederatsiyasi xalqaro aloqalar bo’yicha mas’ul xodimi Valter Zampolini bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

Uchrashuvlar jarayonida O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar tomonidan berilgan talabnomalar asosida  “Zanotti” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan texnik-tijoriy takliflar, qishloq xo’jalik mahsulotlarini saralash, qayta ishlash va qadoqlash texnolgiyalari,  loyihalarni moliyalashtirish tartiblari hamda Namangan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi, viloyatning eksport salohiyalari shuningdek, viloyatda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash korxonalarining faoliyatlari yuzasidan taqdimotlar o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatuvchi Chust tuman “Dilbar tekstil” xususiy korxonasi, Namangan shahar “Mashxim” MCHJ, Chortoq tuman “Turg’unboy, Jo’raboy, Munavvar” fermer ho’jaligi, Yangiqo’rg’on tumani “Arapa” MCHJ, Namangan tuman “Mumin xayriyasi” MCHJlarning vakillari tomonidan bildirilgan taklif va qo’shimchalar asosida sovutish jixozlari (xolodilniklar) uchun qayta ishlab chiqilgan texnik-tijoriy taklif asosida tayyorlangan, jami 3280 tonna meva va sabzavotlar hamda sariyog’ va go’sht maxsulotlani saqlash uchun umumiy qiymati 2,67 mln yevrolik  jixozlarni yetkazib berish bo’yicha Zanotti kompaniyasi bilan o’zaro hamkorlik yuzasidan kelishuv bayonnomalarini imzoladilar.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida Namangan viloyatida yetishtirayotgan 1275 tonna olma, 130 tonna uzum, 100 tonna qulupnay,
130 tonna anor, 100 tonna gilos va 200 tonna boshqa mevalar, shuningdek  1250 tonna sabzavot hamda 160 tonna go’sht va sut maxsulotlarini jaxon standartlari asosida saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa viloyatning esksport salohiyatini oshirish, bozorlarni ushbu maxsulotlarga bo’lgan talabalarini qondirish barobarida, narxini pasayishiga va aholi turmush darajasini oshishiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda mazkur loyihalarni amalga oshishi natijasida 75 ta doimiy va 75 ta mavsumiy ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilmoqda.

Tashrif jarayonida Italiya – O’zbekiston savdo palatasi va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi o’rtasida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalarni Italiyada hamda  Italiya korxonalarini Namangan viloyatida tashkil etiladigan ko’rgazma va yarmarkalar, B2B uchrashuv va biznes forumlarda ishtirok etishlariga, o’zaro nou xau va jixozlarni yetkazib berishga ko’maklashish maqsadida hamkorlik memorandumi va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi “Zamonaviy kelajak ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi bilan “Zanotti” kompaniyasi o’rtasida, kompaniya  tomonidan O’zbekiston Respublikasiga yetkazib beriladigan texnologiya va jixozlardan samarali foydalanish bo’yicha tadbirkorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o’quv kurslarni tashkil etish bo’yicha o’zaro hamkorlik yuzasidan kelishuv bayonnomasi imzolandi.