Chop etish

Ma’lumki, Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatiga 28 mart kuni Namangan viloyati delegatsiyasi tashrif buyurib, bir qator sohalarda hamkorlik masalalari yuzasidan tajriba almashilmoqda. Buni Rossiya federatsiyasida muhim o’rin tutgan Ural kardiologiya institutidagi muzokaralardan yaqqol bilish  mumkin.

Binobarin institut direktori Yan Gabinskiy quyidagilarga to’xtaldi: «Sverdlovsk viloyati kardiologiyasi juda tez rivojlanmoqda. Bugun biz O’zbekistonlik hamkasblarimizga angiografning yangi avlod uskunalarini ko’rsatdik. Bemorlarga  chidamli stentlar qo’yish orqali koronar qon tomirlar miqdori jihatidan Rossiya federatsiyasida eng katta ko’rsatkichga egamiz».

- Bunday tajribalarni o’z yurtimizda biz ham yanada kengaytirishimiz kerak. Buning uchun  mutaxassislarimizni bu yerga yuborish orqali tajribalar almashamiz. Sverlovsk viloyati mutaxassislarini esa birga ishlashga chorlaymiz, - deydi Namangan viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Solijon Mo’minov.

Shuningdek, ikki tomon rasmiy vakillari ishtirokida ham sohalar rivoji yuzasidan qizg’in muzokaralar ham tashkil etildi.

O’zbekiston delegatsiyasining tashrifi  amaliy tarzda o’tmoqda. Ular viloyatdagi quvursozlik ishlab chiqarishida bo’lishdi. Shuningdek, ikki tomonlama mustahkam hamkorlik asosida tadbirkorlar va ishbilarmonlar doirasida biznes-forum ham yuqori saviyada amaliy natijalarga boy tarzda o’tkazildi. 

Delegatsiya belgilangan dastur bo’yicha o’z ishini davom ettirmoqda.

Hojiakbar Pattaev