Mamlakatimizda biznes yuritish uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani bois dunyoning ko’plab davlatlari bilan, xususan, Janubiy Koreya va O’zbekiston  o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib bormoqda. Bu borada viloyatimizda ham muhim kelishuvlarga erishilmoqda.

Namangan viloyati Sog’liqni saqlash boshqarmasiga “Salomatlik-3” loyihasi bo’yicha Janubiy Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan 10 ta yangi Hyundai rusumli reanimobillar keltirildi.

Namanganda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O’zbekiston Musulmonlari idorasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va uni targ’ib etishda diniy soha hamda ma’naviyat targ’ibotchilari oldida turgan dolzarb vazifalarga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazildi.

Namangan shahar hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahridagi “Uch favvora xiyoboni”da viloyat ichki ishlar boshqarmasi tarkibidagi tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu kunlarda Prezidentimizning joriy yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalari, mahallalarda, davlat va jamoat tashkilotlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri viloyat Nuroniylar maskanida bo‘lib o‘tdi.

Namangan davlat universitetida "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – jamoatchilik nazoratini ta’minlashning huquqiy kafolati" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.