O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tashabbusi bilan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida Namangan viloyatida ham qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad –  iqtisodiy rivojlanishi jihatidan og‘ir hisoblangan, ortiqcha mehnat resurslariga ega hududlardagi birinchi navbatda imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, xususan, ayollar uchun ish o‘rinlarini tashkil etish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Prezidentimizning 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mutlaqo yangi ushbu tizimlar «mahalla-tuman (shahar)-viloyat-respublika» tamoyili asosida ish olib bormoqda. Bu esa uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish va hududlarni rivojlantirish dasturlariga takliflar kiritish imkonini bermoqda.

Namangan viloyatida ham kumush toladan ikkinchi bor daromad olish ishlari a’lo darajada yo‘lga qo‘yildi.

Hindistonning jahonga mashhur Apello klinikasi malakali mutaxassislari viloyat markazi va Yangiqo‘rg‘on tumanida bemorlarni qabul qilishdi.

Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xayrullo Bozarov bu yil oliy tibbiy ta’lim muassasalarini bitirib kelgan yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

Shimoliy Farg’ona kanalining Namangan shahri hududidan o’tgan 960 metr qismida betonlash ishlari boshlanadi va joriy yilning oxiriga qadar yakunlanadi.

Joriy yilning 2 sentyabrg’ kuni O’zbekiston Res’ublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillarda Namangan viloyatining Namangan shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi 685-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq chora-tadbirlar doirasida jami 1 trillion 126 milliard 156 ming so’m mablag’lar o’zlashtiriladi. Va natijada 5 yarim mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi.