Namangan shahridagi 17-saylov uchastkasida ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qizg’in davom etmoqda.

Bugun dam olish kuni. Shuningdek, eng muhim qaror qabul qilinadigan sana.

Uchqo’rg’on tumanidagi 92 yoshli Turg’unpo’lat ota Abdurahmonov qayqi qishlog’i va tumanda qishloq xo’jaligini rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan. Ulug’ Vatan urushi qatnashchisi. 483-saylov uchastkasi a’zolari tabarruk otaxonning xonadoniga tashrif buyurishdi.

Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanining Zarkent qishlog’idagi 47-umumta’lim maktabi binosida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 666-saylov uchastkasi ochilishi bilan ovoz berish uchun birinchilardan bo’lib sportchilarga xos o’ktamlik bilan ikki dugona kirib keldi.

Bugun 2016 yil 4 dekabr, yakshanba. Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

Yurt taraqqiyotiga ovoz berdim dedi O’zbekiston qahramoni Halchaxon Mirzaeva.

Uchqo’rg’on tumandagi 4-umumta’lim maktabida joylashgan 500-saylov uchastkasida tonggi soat 6.00da  davlat madhiyasi yangradi. Uni hayajon bilan tinglagan saylovchilar navbat bilan taklifnomalari va pasportlarini ko’rsatib, saylov byulletenlarini qo’lga oldilar.