O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin olgan. Bu so’nggi o’n bir yil davomida yalpi ichki mahsulotning o’sish darajasi sakkiz foizdan yuqori bo’lib kelayotganida o’z ifodasini topmoqda. Iqtisodiy islohotlar izchilligi, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar bu boradagi muvaffaqiyatlarning asosiy omillaridan bo’layotir.

Namangan tumanidagi «Element paint» mas’uliyati cheklangan jamiyati lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Yaqinda bu yerda 1 milliard so‘m investitsiya evaziga nihoyasiga yetkazilgan loyiha ijrosi bilan bo‘yoqlarning yangi turlarini tayyorlash o‘zlashtirildi. Ayni chog‘da «Atlas» brendi ostida ellikdan ortiq turda lok-bo‘yoq va boshqa qurilish-pardoz ashyolari ishlab chiqarilmoqda.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan hamda qator davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida Namangan muhandislik-texnologiyalari institutida “Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish", "Konstitutsiya va konstitutsion qonunlar" va "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan Amnistiya to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati"ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326 sonli “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoniga asosan Namangan shahridagi “San’at” kollejida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi o’tkazildi.

«Gimnastika barcha uchun!» shiori ostidagi festival o’z oldiga viloyatda gimnastika bilan shug’ullanuvchilar sonini ko’paytirish va bu sport turini uy bekalari va qizlar o’rtasida ommalashtirish, sog’lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportining rivojlanishiga ko’maklashish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish kabi ezgu maqsadni qo’ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari viloyatlarda bo‘lib, o‘z missiyasilaridan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar doirasida faoliyatini davom ettirmoqda.

22 noyabr kuni senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat viloyat jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlovchi ishchi guruhi a’zolari jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar va To‘raqo‘rg‘on tuman sudlarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining shu yil 12 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida»gi qarorning ijrosi bilan yaqindan tanishishdi, Amnistiya akti asosida jazodan ozod etilayotgan mahkumlar bilan suhbatlashdilar.