Namangan yuridik texnikumi bitiruvchilarini oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ish bilan taʼminlash, ularni qator muassasalar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida amaliy tadbirlar koʻrib kelinmoqla. Jumladan, 21-aprel kuni yoshlar uchun navbatdagi “Ochiq eshiklar va karyera kunlari” Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi va “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan oʻquv seminar oʻtkazildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar va tumanlar boʻlimi tomonidan joriy yilning 1-apreliga qadar jami 354 ta hujjatlar ijrosini taʼminlash davomida dori, oziq-ovqat, pirotexnika vositalari va alkogol, tamaki mahsulotlari tegishli tartibda yoʻq qilingan. Birgina, Byuroning Namangan shahar boʻlimi ish yurituvidagi 157 ta ijro hujjati boʻyicha salkam 562 mln. soʻmlik mahsulotlar Ishchi guruh tomonidan yoqib yuborildi.

Osiyo Belbogʻli kurash konfederatsiyasi prezidenti Muratov Mumin Manapovich hamda Oʻzbekiston Milliy belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Dastirov Ravshan Xudayberganovich Namangan viloyati hokimi bilan uchrashdi.

Popdagi 81 gektarli Issiqxonalarning har-bir gektaridan 30 tonnadan limon yetishtirish koʻzda tutilgan.

2022 yilning 13 aprel' kuni ijtimoiy tarmoqda murojaat chop etilgan. Unda nafaqadan asossiz pul ushlab qolingani, sababi so‘ralganda talabnoma taqdim etilgani bayon etilgan. Mazkur murojaat Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi tomonidan bevosita joyida o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.