Birinchidan, ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bo‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot olinadi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi hamda hududiy boʻlimlari tomonidan aholining kam taʼminlangan va ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bogʻliq hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida tegishli choralar koʻrilmoqda. Jumladan, bugun kunda boʻlimlar ish yurituvidagi 24.226 ta aliment bilan bogʻliq hujjatlari ijrosi doimo nazoratda. Yangi tartibga asosan shu kunga qadar 21073 ta aliment oluvchilarga bank plastik karta ochilib, undirilgan mablagʻlar qulay tartibda yetkazilmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida salkam 39 mlrd.soʻm aliment qarzdorliklar undirilishi taʼminladi. Bundan tashqari, 12 mlrd.935 mln. soʻm undirilgan mablagʻlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga yoʻnaltirildi.

Yigʻilishda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, kotibiyat mudirlari, ijro intizomiga masʼullar va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov: Bugun barcha mirishkor dehqonlarimiz uchun orziqib kutilgan kun. Poplik fermerlarning muhtaram Prezidentimizning gʻallachilikdagi islohotlaridan koʻzlari yonib turibti.

2022-yil 2-iyun kuni ijtimoiy tarmoqda murojaat chop etilgan. Unda fuqaro Diana Sharipova qarzdorlik undirib berilmayotganini bayon etgan. Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Pop tumani Orom massivida dashtlik yerlarda tashkil etilgan 81 gektarli issiqxonalar majmuasida tadbirkor dehqonlar tomonidan bir mavsumning oʻzida 100 ming AQSH dollari qiymatidagi poliz mahsulotlari chet davlatlarga eksport qilindi.

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar boʻlimi tomonidan bank kredit mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida kunlik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.