Bu yerda Germaniya va Turkiya davlatlaridan olib kelingan uskunalar yordamida “HUGO BOSS” brendi ostida kostyum-shim, shuningdek, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning 25-sentyabr kuni EFFECT.UZ rasmiy saytida “MIBdan qon qaqshagan oila qayerga borsin?” nomli video xabar joylashtirilgan.

Viloyat hokimi taklifi bilan Turkiyaning “Outdoor Factory” loyiha kompaniyasi menejerlari Hakan Besceliogʻlu va Huseyin Avni Guchlularni qabul qildi. Shuning bilan bir paytda videoaloqa shaklida shirkat dizayner-meʼmori Sinan Turaman Yangi Namangan shaharchasi tarkibida Yangi Oʻzbekiston bogʻi markazida qad rostlaydigan stella loyihasi taqdimotini oʻtkazdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni bilan Byuro huzurida “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilgan edi.

Joriy yilning 14-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yoritilgan. Unda fuqaro Surayyo Gʻaffarova aliment undirib berilmayotganini bayon etgan. Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining

Bugun paxtazorlar oppoq tus olgan. Loʻppi ochilgan paxtalar koʻzni quvontiradi. Tadbirkor fermerlar fidokorona mehnat qilib, barakali xirmon tiklashga zamin yaratishdi. Endigi asosiy vazifa milliy boyligimiz boʻlgan paxtani nest-nobud qilmay, yigʻishtirib olishdan iborat.

Paxtadan olinadigan daromad iqtisodiyotimizning muhim asoslaridan biri. Terimga puxta tayyorlik koʻrish, mavsumni masʼuliyat bilan tashkil etish esa unga zamin yaratadi.