Yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o’tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o’yinlarida Namangan boks maktabi tarbiyalanuvchisi Murodjon Ahmadaliev bronza medalni qo’lga kiritib, yurtimiz dovrug’ini yuksaklarga ko’tardi.

25 yil... Inson umrining navqironlikka teng pallasi.  Tarix uchun juda qisqa fursat, biroq,  xalqimiz hayotida yangi sahifa ochishga, Buyuk O’zbekiston nomini jahon sahnasiga olib chiqishga kifoya bo’lgan davr.

Namangan shahridagi “Istiqlol dizayn markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining qo’shma loyihasi asosida tashkil etilgan liboslar dizayni konstruktorlik markazi ochildi.

O’zbekiston  Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimiz qatori Namangan tumanidagi  Qoratepa maxallasida yashovchi 106 yoshli onaxon Moriyaxon Pirmatova  Prezidentimiz  farmoniga muvofiq “Shuhrat”medali bilan taqdirlandi.

Eng ulug, eng aziz bayram - O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi arafasida Namangan tumani markazida Toshbuloq dehqon  bozorini qaytadan qurib, foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi o‘laroq tibbiy xizmatni aholi yashash joylariga yaqinlashtirish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati hamda samaradorligini oshirishga alohida urg‘u berilmoqda.  Mustaqillikning yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan va “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillangan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostidagi ijtimoiy-tibbiy tadbir  muvaffaqiyatli yakunlandi.

Namangan viloyatida korxona, tashkilot va muassasalarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida 4700 dan ortiq xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bandlikni ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va boshqa yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.