"Flat Tile" MChJ Davlatobod tumani "Yuksalish" MFY hududida qurib bitkazilgan, u "Art soft holding" va "Namangan momiq sochiqlari" ning navbatdagi korxonasi hisoblanadi.

Namangan shahrining Davlatobod tumanida joylashgan Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ziyo maskani  30 mingdan ziyod turli badiiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlandi. Kelgusi 3 yilda kitoblarning sonini 100 mingtaga olib chiqish reja qilingan.

Bugun prokuratura organlarida uzoq yildan beri samarali xizmat qilgan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori Olimjon Rahmonovni 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali ravishda nafaqaga kuzatish marosimi tashkil etildi.

Joriy yilning 17-mart kuni  Facebook ijtimoiy tarmog‘ida auksionda sotib olingan mulkka tadbirkor egalik qila olmayotgani bayon etilgan videomurojaat joylashtirilgan. Mazkur videomurojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Byuroning viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan.

Viloyatda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida yo‘l harakat qoidalariga amal qilishni targ‘ib etish maqsadida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja asosida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.