Uchqo’rg’on tumanidagi 92 yoshli Turg’unpo’lat ota Abdurahmonov qayqi qishlog’i va tumanda qishloq xo’jaligini rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan. Ulug’ Vatan urushi qatnashchisi. 483-saylov uchastkasi a’zolari tabarruk otaxonning xonadoniga tashrif buyurishdi.
Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanining Zarkent qishlog’idagi 47-umumta’lim maktabi binosida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 666-saylov uchastkasi ochilishi bilan ovoz berish uchun birinchilardan bo’lib sportchilarga xos o’ktamlik bilan ikki dugona kirib keldi.
Uchqo’rg’on tumandagi 4-umumta’lim maktabida joylashgan 500-saylov uchastkasida tonggi soat 6.00da davlat madhiyasi yangradi. Uni hayajon bilan tinglagan saylovchilar navbat bilan taklifnomalari va pasportlarini ko’rsatib, saylov byulletenlarini qo’lga oldilar.