Jahonga mashhur futbolchilar kabi, MTJ sardori Odil Ahmedov ham sekin asta o’z futbol maktablarini ochish dasturini ishlab chiqayapti. Uning birinchi maktabi To’raqo’rg’onda ochiladi. Shu munosabat bilan 15-16 oktyabr kunlari «Odil Junior» (To’raqo’rg’on) tashabbusi bilan «Championat.asia» sayti bilan hamkorlikda 2006 yilda tavallud topgan futbolchilari o’rtasida, vodiy jamoalaridan tashkil topgan «Kelajak Yulduzlari» musobaqasi bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida joriy yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari, saylovni yuqori saviyada, demokratik tamoyillar asosida o‘tkazishning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabrda imzolagan "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon mazmun-mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
“Ko’chmas mulk savdo xizmati” MCHJning Namangan viloyat filiali barcha tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, kichik biznes vakillari hamda xususiy tadbirkorlarni ochiq tanlov savdolariga taklif etamiz.
2016 yilning 7 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o’tgan majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari, saylovda qatnashayotgan siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
2016 yil 3 oktyabr kuni Namangan shahridagi “Yoshlar markazi” majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasi Matbuot Markazi tomonidan brifing tashkil etildi.