Namangan viloyatida korxona, tashkilot va muassasalarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida 4700 dan ortiq xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bandlikni ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va boshqa yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
Safar oldidan barcha ziyoratchilar joylardagi markazlashgan tibbiyot punktlarida emlandilar. Bugun namanganlik ziyoratchilarning 220 nafardan iborat dastlabki guruhlari Namangan-Madina yo’nalishi bo’yicha Saudiya Arabistoni podshohligiga uchib ketdi. Guruhlar tarkibida ziyoratchilar bilan safar davomida haj amallarini bajarish, xavfsizlik choralariga rioya qilish, salomatlikni asrash yuzasidan tushuntirish ishlari o’tkazildi. Ziyoratchilarga O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim va sumkalar, «Hajnoma» kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.
Jannatmakon yurtimizning barcha go‘shalarida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik ayyomiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari avjida. Namanganda ham eng ulug‘ va eng aziz bayramni ko‘tarinki kayfiyatda qarshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi farmoyishiga asoslangan viloyat hokimining 20-21 avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishi barcha namanganliklarni bir maqsad yo‘lida jamladi.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida qizg‘in davom etayotgan va dunyoning ikki yuzga yaqin davlati ishtirok etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ham mustaqil Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda.