Yasharish va yangilanish fasli bahor kelishi bilan yurtimiz yanada ajib tarovat kasb etadi. Ayniqsa, bu fasl kirishi bilan tozalik va orastalik, obodonchilik yumushlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Xalqimizga xos uyushqoqlik va hamjihatlik yanada keng bo‘y ko‘rsatadi. Ma’lumki, mamlakatimizda turli bayramlar oldidan hasharlar uyushtirish odat tusini olgan. Tobora dillarimizga  o‘zgacha shukuh olib kelayotgan Navro‘zi olam arafasida tashkil etilgan "Obod va ko‘rkam mahallam" shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlarida ham katta ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2021-yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosiga muvofiq, 2 560 nafar shundan, ayollar 1 489 nafar, yoshlar 981 nafar ishsiz fuqarolar kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi.

Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida tijorat bank foydasiga yirik qarzdorlik undirib berildi.

8-mart  - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasida tadbir tashkil etildi. Unga boshqarma va shahar, tumanlar bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Namangan shahri tarkibida yana bir tuman — Yangi Namangan tumani tashkil etiladi. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashining 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan yigirma birinchi sessiyasida so‘z bordi.

Farmonga binoan, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Ular orasida Namangan viloyati vakillari ham bor.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, tegishli tijorat banklari hamkorligida hududlarda «Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash» mavzusida o‘quv kurslari tashkil etib kelinmoqda.