O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Shavkat Shokirdjanovich Abdurazakov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.

Xalq deputatlari kengashining sessiyasida Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining sessiyasida viloyatda amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtaldi.

Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida  Shavkatjon Abdurazzaqov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

— Bir joyga rahbar qo‘yishdan oldin uni turli lavozimlarda sinab ko‘ramiz. Shavkat Abdurazzaqov ham Vazirlar Mahkamasida ishladi, Namangan tumani, Namangan shahrida hokim bo‘ldi, o‘zini ko‘rsatdi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra Namangan viloyatida tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 18 760 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 273 taga yoki 29,5 % ga oshgan.