|
|
|
ISTIQLOLIMIZ TARIXINING YORQIN KO’ZGUSI |
|
|
|
|
Written by Administrator
|
|
Friday, 06 January 2012 12:19 |
|
There are no translations available. Mingbuloq agrosanoat kasb-hunar kollejida Prezidentimiz I.A.Karimovning yangi chop etilgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitobini o’rganishga bag’ishlangan ma’naviy tadbir bo’lib o’tdi. Unda kollej jamoasi va o’quvchilar ishtirok etishdi. Prezidentimizning mazkur kitobi bo’yicha so’zga chiqqanlar ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan, bugungi kunda ko’p millatli xalqimiz uchun eng ulug’, eng aziz, barcha ezgu maqsad va harakatlarimiz, bunyodkorlik ishlarimizning hayotbaxsh manbaiga aylangan mustaqillikka erishish yo’lida 1989-1991 yillar mobaynida olib borilgan o’ta og’ir va mashaqatli kurashlar tarixi bu kitobning bosh mavzusi ekanligini ta’kidlab o’tishdi. Xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shilgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli kitob istiqlol tufayli o’z taqdirimizni o’zimiz belgilash huquqiga erishganimizni, avlodlarga ibrat va namuna bo’ladigan buyuk ishlarni amalga oshirganimizni yana bir boor g’urur-iftixor bilan ta’kidlashga asos bo’lishi bilan ahamiyatlidir. |
|
Last Updated on Friday, 06 January 2012 12:21 |
|
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi |
|
|
|
|
Written by Administrator
|
|
Friday, 06 January 2012 12:10 |
|
There are no translations available. Shu yilning 4-yanvar kuni viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining o’n birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya kun tartibida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyasi tomonidan 2011 yilning 25 dekabr kuni 2-Pop, 21-Chindovul, 33-Isoq cho’yan hamda 48-Haqqulobod saylov okruglarida bo’shab qolgan deputatlik o’rniga o’tkazilgan saylov natijalari viloyat mahalliy byudjetining 2011 yildagi ijrosi va 2012 yilgi mahalliy byudjet parametrlari va bir qator tashkiliy masalalar muhokama etildi. Sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachilik boshlig’i, moliya vazirining o’rinbosari Bahrom Ashrafxanov ishtirok etdi va nutq so’zladi. |

Namanganda “Prezident archasi” bayram tantanasi |
|
|
|
|
Written by Administrator
|
|
Thursday, 29 December 2011 12:03 |
|
There are no translations available. Bugun yurtimiz bayramona ko’rk-u-tarovat, ko’tarinkilik va shodiyonalar og’ushida. Respublikamizning barcha hududlarida Yangi 2012-yil shukuhi, bayram ruhi kezib yuribdi. Yana bir necha kunlardan keyin nishonlanadigan mazkur Yangi yil barchaning, ayniqsa o’g’il-qizlarning eng sevimli bayrami desak aslo xato qilmagan bo’lamiz. Ana shu maqsadda bugungi kunda bolajonlarning quvonchlariga quvonch qo’shish maqsadida viloyatimizda ham Yangi yil bayramiga qizg’in tayyorgarlik ko’rildi. Ayni kunlarda shahar, tumanlarda yangi yil bayram tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Bayram tadbirlarining ichida eng muhimi va quvonchilisi, jajjilarning bir umr yodida qoladigani, bu shubhasiz “Prezident archasi” tantanasidir. Har yili an’naviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirining asosiy qismi Namangan shahridagi A.Navoiy nomli viloyat musiqali, drama va komediya teatrida bo’lib o’tdi.  |
|
Last Updated on Thursday, 29 December 2011 12:19 |
|
Read more...
|
|
|
|
|
<< Start < Prev 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Next > End >>
|
|
Page 1 of 25 |