1. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
  2. Davlat Investitsiya dasturi.

Viloyatda 2016 yil davomida 2215,0 mlrd.so‘mlik kapital qo‘yilmalar shundan, 246,7 mlrd.so‘m byudjet mablag‘lari, 2,4 mlrd.so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari, 330,6 mlrd.so‘m byudjetdan tashqari fond mablag‘lari, 310,0 mlrd.so‘m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 101,4 mlrd.so‘m O‘zbekiston Respublikasi RRQJ mablag‘lari, 576,9 mlrd.so‘m korxona va tashkilot mablag‘lari, 142,3 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari, 481,2 mlrd.so‘m aholi va xususiy shaxslar mablag‘lari hamda 117,0 mlrd.so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi belgilangan.

2016 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 2362,6 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 punktga ko‘p jalb etilishi ta’minlandi.

Markazlashgan mablag‘lar hisobidan 6 ta (1 ta rekonstruksiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 1 ta (1 ta rekonstruksiya) akademik litsey, 21 ta (18 ta rekonstruksiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 11 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari hamda yangi qurilish va rekonstruksiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2016 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag‘lar hisobidan sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rekonstruksiya hisobiga 11 ta (34,8 mlrd.so‘m) sog‘liqni saqlash muassasalari, rekonstruksiya hisobiga 1 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 6 ta (6,2 mlrd.so‘m) kasb-hunar kollejlari, rekonstruksiya hisobiga 1 ta (1,0 mlrd.so‘m) akademik litsey,  rekonstruksiya hisobiga 18 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 3 ta jami 21 ta (19,9 mlrd.so‘m) umumta’lim maktablarida 61,9 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar natijasida, rekonstruksiya hisobiga Namangan shahridagi 1050 o‘quvchi o‘rinli 44-maktab, 1128 o‘quvchi o‘rinli 50-maktab, 1226 o‘quvchi o‘rinli 55-maktab), Kosonsoy tumanidagi 260 o‘quvchi o‘rinli 12 maktab, Norin tumanidagi 480 o‘quvchi o‘rinli 2-maktab, Pop tumanidagi 240 o‘quvchi o‘rinli 3-maktab filiali va 240 o‘quvchi o‘rinli 19-maktab filiali, Uychi tumanidagi 180 o‘quvchi o‘rinli 7-maktab, Chortoq tumanidagi 96  o‘quvchi o‘rinli 39-maktab filiali, Chust tumanidagi 220 o‘quvchi o‘rinli 34-maktab va 96 o‘quvchi o‘rinli 44-maktab, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 176 o‘quvchi o‘rinli 62-maktab hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 60 o‘quvchi o‘rinli ustaxona foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi» hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal, 2 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’yektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur ob’yektlarda 21 mlrd 578,8 mln.so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, qurilish-montaj ishlari to‘liq bajarildi.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo‘jaligi maydonlarida sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruksiya hisobidan 7 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 6 km ob’yektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va bu maqsadlarga 1361,2 mln.so‘m miqdorida mablag‘lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan. 2016 yil yakuni bilan ob’yektlarda 1361,2 mln.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo‘lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi ob’yektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo‘yicha 632,3 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya o‘zlashtirilib, 596,7 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’yektda o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 16,8 mlrd.so‘m byudjet, 145,4 mlrd.so‘m “O‘zbekiston Temir yo‘llari” DAK o‘z mablag‘lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 414,0 mlrd.so‘m (142,1 mln. AQSh dollari) hamda 56,1 mlrd.so‘m O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘g‘ri keldi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishida 13,7 mlrd.so‘m, shundan “O‘zbekenergo” DAK o‘z mablag‘lari hisobidan 6,6 mlrd.so‘m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 7,1 mlrd.so‘m (2,2 mln. AQSh dollari) chet el krediti o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “Sirdaryo IES qurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo‘llari, 2 ta mashinaga mo‘ljallangan yong‘in xavfsizligi bo‘limi, 2 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o‘rinli oshxona qurilishida ish olib borilmoqda.  Direksiya uchun ma’muriy binosi, tashqi aloqa tarmog‘ini tortish ishlari va xo‘jalik ehtiyoji uchun suv tarmog‘i qurilishi ishlari yakunlandi.

To‘raqo‘rg‘on IESni 2-navbati bo‘yicha 500/220/10 kVli Nimstansiyani loyiha-qidiruv ishlariga 1380,8 mln.so‘m va qurilish maydonida bosh pudratchi “Yangi-Angrenissiklikenergomontaj” unitar korxonasi tomonidan 1727,3 mln. so‘mlik jami 3108,1 mln.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi. 

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 1146,7 ming kv.m. turar-joy, 253,8 km ichimlik suvi va 37,0 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

  1. Hududiy investitsiya dasturi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 11,1 mlrd.so‘m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so‘m jami 575,3 mlrd.so‘m miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2,2 mlrd.so‘m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 240,9 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari hisobidan 250,3 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so‘m hajmida investitsiya jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 77 ta, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’yektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

2016 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 273,9 mlrd.so‘m, bank krediti mablag‘lari hisobidan 250,9 mlrd.so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalar hisobidan 59,6 mlrd.so‘m hamda boshqa manbalar hisobidan 25,0 mlrd.so‘m jami 615,1 mlrd.so‘m miqdorida kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,9 foizga o‘sishi ta’minlandi.

O‘zlashtirilgan kapital mablag‘lar hisobiga 377 ta sanoat, 718 ta xizmat ko‘rsatish va servis hamda 460 ta qishloq xo‘jaligi, jami 1555 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko‘rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil yakuni bilan 718 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga
95,5 mlrd.so‘mdan (81,0 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 14,4 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari) ortiq kapital mablag‘lar sarflandi. Natijada 3853 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 377 ta ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 309,4 mlrd.so‘m (115,7 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 189,1 mlrd.so‘m bank krediti mablag‘lari) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 9160 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 460 ta  loyihalar to‘la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 118,6 mlrd.so‘m (77,2 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari, 41,4 mlrd.so‘m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2943 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.